Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jahon banki mutaxassislari bilan muzokaralar olib bordi
Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston hukumatining topshirig‘iga binoan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jahon bankining ijtimoiy himoya komissiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Uchrashuvdan asosiy maqsad: ijtimoiy himoya sohasida strategik ustuvorlikni muhokama qilish, mamlakatda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi doirasida faoliyatni kuchaytirish va kengaytirish uchun imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek, potensial hamkorlik va texnik ko‘maklashish sohasida masalalarni ko‘rib chiqishdan iborat edi.
Uchrashuvda Jahon banki tomonidan Manuel Salazar, Ihshan Ajvad Oleksiy Sluchinskiy va Tatyana Shin ishtirok etgan bo‘lsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan A.Navotnyy, B.Alimuhamedov, O.Razzoqov, E.Muhitdinov, B.Sharapov qatnashdi.
Mavzuga oid
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
18:58 / 06.03.2026