Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekistonning Surxondaryo viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilişga qaratilgan 200 mln dollarlik loyihani ma’qulladi.
Boş ofisi Vaşingtonda joylaşgan bankning 23 mart kungi xabarida aytilişiça, 5 yillik loyiha quyidagilarni öz içiga oladi:
1. Surxondaryo viloyatidagi M41 mintaqaviy avtomobil yölining 91 kilometr qismini rekonstruksiya qilişda Avtomobil yöllari qömitasi huzuridagi “Avtoyölinvest” agentligini qöllab-quvvatlaş. Bu yöl Özbekistonni Tojikiston, Qirğiziston Respublikasi va Afğoniston bilan boğlaydi. Mavjud 2 qatorli trassa 4 qatorli böladi.
Yölning uşbu qismi ta’miri yakunlangaç, undan kuniga 35 mingga yaqin haydovçi va yölovçi foydalanadi. Avtomagistral, şuningdek, yondoş hududlarning taxminan 550 ming aholisi uçun transport xizmatlari va iqtisodiy imkoniyatlardan kengroq foydalanişni ta’minlaydi. Bunday imkoniyatlarga ta’mirlangan yöl böylab biznesning rivojlanişi va yangi iş örinlarining yaratilişi kiradi.
Loyiha yöl qoplamasi sifatini yaxşilaş, yöl harakati xavfsizligi va avtobus bekatlarining qulayligini oşiriş böyiça quriliş işlarini moliyalaştiradi. Şuningdek, suv toşqini xavfidan himoya qiluvçi 180 ga yaqin köprik va drenaj inşootlarini quriş va rekonstruksiya qiliş közda tutilgan.
Uşbu çora-tadbirlar avtomobil yölining rekonstruksiya qilinayotgan qismida yöl-transport hodisalari va ölim holatlari sonini kamaytirişga, yölga ketadigan vaqtni qisqartirişga (aholi punktlaridan taşqarida örtaça harakat tezligi 65 dan taxminan 90 km/soatgaça oşadi), yölovçi va yuk taşişning işonçliligini oşirişga yordam beradi. Şuningdek, Surxondaryo viloyatining Özbekistonning boşqa hududlari va qöşni davlatlar bilan transport aloqalari mustahkamlanadi.
2. Transport vazirligiga multimodal taşuvlarni rivojlantiriş milliy strategiyasini işlab çiqişda kömaklaşiş. Uşbu hujjat davlat organlarining transport xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi salohiyatini mustahkamlaş böyiça “yöl xaritasi” böladi. Strategiya yölovçi va yuk taşişni yaxşilaş uçun ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilişga, şuningdek, har xil transport turlari işini muvofiqlaştirişga yordam beradi.
Hujjat transport sektorining ta’minot zanjiridagi uzilişlar va ob-havo xatarlariga çidamliligini oşiriş, şuningdek, sohada çiqindilarni kamaytiriş böyiça iqtisodiy jihatdan samarali yeçimlarni joriy etiş çoralarini öz içiga oladi.
3. “Özbekiston temir yöllari” AJ biznes-jarayonlarini, jumladan korporativ boşqaruvni mustahkamlaş, moliyaviy şaffoflikni oşiriş, yölovçi taşişni rejalaştiriş hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv (ESG) amaliyotini takomillaştirişga qaratilgan tadbirlarni moliyalaştiriş. Uşbu çora-tadbirlar kompaniyaning operatsion samaradorligi va faoliyati natijadorligini oşiradi, şuningdek, uni yanada rivojlantiriş uçun xususiy investitsiyalarni jalb qiliş salohiyatini mustahkamlaydi.












