Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi
Kolumbiya politsiyasi giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilardan respublika tarixidagi eng yirik kokain partiyasini musodara qildi. Uning og‘irligi 12 tonna keladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos ma'lum qildi, u voqea yuz bergan joyga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Kolumbiya politsiyasi matbuot xizmati Twitter’dagi o‘z sahifasida.
«Agamemnon-2» nomli maxsus amaliyotda politsiyaning 400 nafar xodimi ishtirok etdi. Giyohvand modda partiyasi Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Antokiya departamentida joylashgan to‘rtta banan fermasida yashirib qo‘yilgan. U yerga giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilar kokainni Kolumbiyaning o‘nta mintaqasidan olib kelgan. Oxir-oqibat narkotiklar partiyasi Otoniel laqabli Dario Antonio Usuga boshchiligidagi Kolumbiyada eng yirik bo‘lgan to‘da - «Ko‘rfaz klani»ga tegishli bo‘lgan. Kolumbiya hukumatining fikricha, bu to‘da mamlakatdagi eng xavfli jinoiy guruhlardan biri. To‘da a'zolari tovlamachilik va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadi.
Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, xalqaro bozorda partiya qiymati 360 mln. dollarga yetishi mumkin bo‘lgan.