Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 noyabr kuni Samarqandga keldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlatimiz rahbari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi.
Shavkat Mirziyoyev mazkur majmuada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Prezidentimizning shu yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 31 avgust kuni poytaxtimizda, 2 sentabr kuni Samarqand shahrida mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ulug‘vor haykallari ochildi.
Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz 2017 yil 27 avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida maqbara qurilishini yakuniga yetkazish, ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda keng qamrovli ishlar bajarildi. Natijada majmua yaxlit me'moriy ansamblga aylandi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un holda milliy uslubda ayvonlar barpo etildi. Ziyoratga chiqish va tushish yo‘laklari cheti marmar panjara bilan o‘raldi, qariyalar uchun zamonaviy liftlar o‘rnatildi.
Ziyoratga keluvchilarga yilning to‘rt faslida ham qulay bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Atrofdagi yo‘laklar ta'mirlanib, avtomobillar to‘xtash joyi barpo etildi. Qabriston devori rekonstruksiya qilinib, hududi yanada obodonlashtirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ziyoratgohga keluvchilar uchun katta qulayliklar yaratilganini ta'kidlab, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026