Tramp tashrifi davomida Xitoy va AQSh 280 mlrd. dollarlik shartnomalar tuzishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga safari chog‘ida Xitoy va AQSh o‘rtasida imzolangan savdo bitimlarining miqdori 280 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post nashri tegishli hujjatlar bilan tanish manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Kecha Tramp tashrifi doirasida AQSh va Xitoy kompaniyalari 9 milliard dollarlik bir qator bitimlarni imzolaganliklari ma'lum bo‘ldi. Biroq, gazetaning ta'kidlashicha, bu haqiqatan ham katta bitimlarni imzolashdan oldin o‘ziga xos «mashg‘ulot jarayoni» bo‘lgan.
Agar gazeta manbalari ma'lumoti tasdiqlanadigan bo‘lsa, u holda Trampning Xitoyga tashrifi Amerika va Xitoy biznesi uchun eng samarali rasmiy tashriflaridan biriga aylanadi.
Ta'kidlanishicha, eng katta bitimlardan biriga Xitoyning China Petroleum and Chemical Corp. davlat korporatsiyasi va Amerika tomoni o‘rtasida Alyaskada tabiiy gaz konlarini qidirish bo‘yicha kelishuv aylanishi mumkin. Shu bilan birga, Xitoyning China Investment Corp. suveren investitsiya fondi bu loyiha uchun moliyaviy yordam ajratishi mumkin. Bundan tashqari, XXRning Bank of China davlat banki ham investorga aylanishi ehtimolga yaqin.
Energetika sohasidagi yana bir kelishuv - China National Petroleum Corp. va Cheniere Energy o‘rtasida suyultirilgan tabiiy gazni «uzoq muddat davomida yetkazib berish bo‘yicha shartnoma»dir.
Shu bilan birga, manbalarning xabar berishicha, Xitoyning mobil telefonlar va aksessuarlar bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan Xiaomi hamda Vivo AQShning Qualcomm kompaniyasi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaydi.
Bundan tashqari, Xitoyning Boeing samolyotlarini xarid qilishi va XXRga Tesla avtomobillarini import qilish to‘g‘risida kelishuvlar imzolanish uchun tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024