Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar bo‘yicha qaror o‘z kuchini yo‘qotdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 24 yanvardagi 2/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2013 yil 25 yanvar);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 21 dekabrdagi 26/2-son “Vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo‘limi hamda ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar, ularni ishga qabul qilish va rotatsiyasi reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (2013 yil 31 dekabr).
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026