Mirziyoyev: «Qo‘pol bo‘lsayam aytish kerak, hammasi uxlab o‘tiribdi»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida profilaktika inspektorlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Profilaktika inspektorlari, mahalla vakillari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari o‘z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan qarayotgani ham jinoyatlarning oldini olish samarasini pasaytirmoqda.
Profilaktika inspektorlari uchun uy-joy sharoiti, ularni xizmat xonalari va avtomashinalar bilan ta'minlash masalalarini hal qilib bermoqdamiz. Lekin endi natijani so‘raydigan vaqt keldi. Qani natija? Afsuski, Samarqand viloyatida bu savolga ijobiy javob yo‘q.
Mana, bitta misol. Samarqand shahridagi 33 ta mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kamida yarmi muhokama etilmagan. Aksariyat mahallalarda muhokamalar nomiga, faqat hisobot uchun tashkil etilgan. Bu borada mahalla raislari, profilaktika inspektorlari qayoqqa qarayapti, degan savol tug‘iladi. Qo‘pol bo‘lsayam aytish kerak, hammasi uxlab o‘tiribdi. Yoki o‘zi bilan o‘zi ovora.
Ayollar tomonidan sodir etilgan 436 ta jinoyatning aksariyati oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.
Ayollar tomonidan o‘z joniga qasd qilish darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ya'ni, 145 tani tashkil etmoqda.
Xotin-qizlar qo‘mitasining mas'ul rahbarlari bu raqamlarni qanday izohlaydi?
Mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari o‘z hududlarida uyma-uy yurdik, oilalardagi ahvolni o‘rgandik, deb hisobot berishadi-yu, lekin haqiqiy vaziyatdan ularning mutlaqo xabari yo‘qligi tahlillar jarayonida yaqqol ayon bo‘lmoqda.
Ogohlantirib aytmoqchiman: bunday soxta hisobotlar bilan ishlaydiganlar qonun bo‘yicha tegishli jazosini albatta oladi. Prezident siyosatini obro‘sizlantiradigan bunday ko‘zbo‘yamachiliklarga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi.
“Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda, bir oy muddatda hududlardagi oilaviy janjallar, qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilik va nizolarning tub sabablarini aniqlab, ularning yechimini topib, taraflarni yarashtirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta'minlasin”, - dedi Mirziyoyev.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024