Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar alkogolli ichimliklarning noma'lum zararini aniqlashdi
Alkogol nafaqat mavjud asab hujayralarini o‘ldiradi, balki yangilari paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Bu haqda Stem Cell Reports jurnalida e'lon qilingan maqolada so‘z yuritiladi.
Texas universiteti mutaxassislari ilg‘or usuldan foydalangan holda miya to‘qimalarini belgilashning uddasidan chiqishdi. Shundan so‘ng, alkogolli ichimlikning ularga uzoq muddatda qanday ta'sir qilishini o‘rganishdi.
Olimlarning aniqlashicha, spirtli ichimlik iste'moli miyaning turli qismiga har xil ta'sir qiladi. Bunda eng ko‘p zarar bosh miyaning subventrikulyar hududiga yetkazilgan. U insonning katta yoshli hayotida barcha yangi neyronlar manbai hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, olingan ma'lumotlar surunkali alkogolizmni davolashda yordam berishi mumkin. Olimlarga ko‘ra, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketishni davolashda nafaqat alkogol ta'siriga tushmagan neyronlarni asrash, balki hujayralar faolligiga turtki berish ham talab etiladi.
Mavzuga oid
13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi
10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar
16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
12:22 / 05.03.2025