Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda uch davlat chegaralari to‘g‘risida shartnoma imzolandi
10 noyabr kuni Samarqanddagi «Forumlar majmuasida «O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma» imzolandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov, Qayrat Abdraxmanov va Rashid Meredov tomonidan uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan o‘rnini aniqlash va uning hududida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish maqsadida uch tomonlama hujjat imzolandi. Ushbu shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur hujjatlar mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va ishonchni, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.



O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarning ratifikatsiya yorliqlari almashish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Mazkur bayonnoma qayd etilgan shartnoma kuchga kirganiga guvohlik beradi.

Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026