Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M.Boltabayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar grantlari bo‘yicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1998 yil 19 yanvardagi 31-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi faoliyatini va talabalarini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000 yil 19 maydagi 196-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi va 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “aspirantlarni” so‘zi “tayanch doktorantlarni” so‘zlari bilan almashtirildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil
10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori, fan doktori yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin”.
b) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “fan doktori” so‘zlari “fan doktori yoki fan doktori” so‘zlari bilan almashtirildi;
ikkinchi xatboshidagi “fan nomzodi” so‘zlari “fan nomzodi, falsafa doktori” so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Dosent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori, fan doktori yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin”.
g) Nizomga ilovada:
11-banddagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning” so‘zlari “tayanch doktorantlar va doktorantlarning” so‘zlari bilan almashtirildi;
12-banddagi “doktorlik dissertatsiyasi” so‘zlari “doktorlik dissertatsiyalari” so‘zlari bilan almashtirildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 10-bandda:
“g” kichik bandning o‘ninchi xatboshidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti” so‘zlari “tayanch doktorantura va doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
“g” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “doktorlik dissertatsiyasi” so‘zlari “falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari” so‘zlari bilan almashtirildi;
sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilardagi “katta ilmiy xodim- izlanuvchilarga”, “katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning” va “katta ilmiy xodim - izlanuvchilar” so‘zlari tegishli ravishda “tayanch doktorant va doktorantlarga”, “tayanch doktorant va doktorantlarning” va “tayanch doktorant va doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirildi;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim institutini bitirgan tayanch doktorantlarning falsafa doktori va doktorantlarning fan doktori dissertatsiyalarini himoya qilish holati”;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “doktorlik” so‘zi “falsafa doktori va fan doktori” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 17-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 372-bandning birinchi xatboshidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan doktorlik dissertatsiyasi fan doktori ilmiy darajasini” so‘zlari “tayanch doktorantlar va doktorantlardan dissertatsiyasi ilmiy daraja” so‘zlari bilan almashtirildi;
g) 374-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirildi;
d) 375-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi;
ye) 376-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori 2-ilovasining 63, 64, 65, 65.1, 65.2-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 13-bandidagi, 18-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 19-bandidagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarorida:
a) kirish qismidagi “aspirantlarni” so‘zi “tayanch doktorantlarni” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “aspirantlar” so‘zi “tayanch doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 1-ilovada:
ilova nomidagi “aspirantlar” so‘zi “tayanch doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirildi;
1- banddagi “aspirantlariga” so‘zi “tayanch doktorantlariga” so‘zlari bilan almashtirildi;
2- bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” so‘zi “tayanch doktorantlarga” so‘zlari bilan almashtirildi;
3- bandda:
birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” so‘zi “tayanch doktorantlarga” so‘zlari bilan almashtirildi;
beshinchi xatboshidagi “nomzodlik minimumlarini” so‘zlari “malakaviy imtihonlarni” so‘zlari bilan almashtirildi;
yettinchi xatboshidagi “aspiranturadagi” so‘zi “tayanch doktoranturadagi” so‘zlari bilan almashtirildi;
4- banddagi “aspirantlar” so‘zi “tayanch doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirildi;
8- bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” so‘zi “tayanch doktorantlarga” so‘zlari bilan almashtirildi;
9- bandning birinchi xatboshidagi “aspirantlarni” so‘zi “tayanch doktorantlarni” so‘zlari bilan almashtirildi;
10- bandda:
birinchi xatboshidagi “aspirantlarga” so‘zi “tayanch doktorantlarga” so‘zlari bilan almashtirildi;
ikkinchi xatboshidagi “aspirantning” va “aspiranturaning” so‘zlari tegishli ravishda “tayanch doktorantning” va “tayanch doktoranturaning” so‘zlari bilan almashtirildi;
11- banddagi “aspirantlarga” so‘zi “tayanch doktorantlarga” so‘zlari bilan almashtirildi;
12- band chiqarib tashlandi;
13- banddagi “aspirantlar” va “aspirant” so‘zlari tegishli ravishda “tayanch doktorantlar” va “tayanch doktorant” so‘zlari bilan almashtirildi;
g) 2-ilovada:
12- band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar davlat oliy ta'lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida magistraturaga grant asosida (bakalavr-stipendiatlar) va tayanch doktoranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plagan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari;
magistraturani a'lo baholar bilan tamomlaganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar”;
13- band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavr-stipendiatlar uchun) o‘qishni davom ettirish maqsadida xorijga yuborilish huquqini saqlab qoladilar”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2009 yil 21 maydagi 145-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi o‘n birinchi xatboshidagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 2-ilovaning 10-bandi o‘ninchi xatboshidagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 3-ilovaning 10-bandi o‘n birinchi xatboshidagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
g) 4-ilovaning 10-bandi o‘ninchi xatboshidagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
d) 5-ilovaning 10-bandi o‘ninchi xatboshidagi “aspirantura’' so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi;
ye) 6-ilovaning 10-bandi o‘n birinchi xatboshidagi “aspirantura” so‘zi "tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2010 yil 12 apreldagi 68-son qarori 7-ilovasining 5 va 10-bandlaridagi “aspirantura” so‘zi “tayanch doktorantura” so‘zlari bilan almashtirildi.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomda:
a) 12-bandning “ye” kichik bandidagi va 35-bandning “ye” kichik bandidagi “klinik ordinaturada” so‘zlaridan keyin “tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida)” so‘zlari qo‘shildi;
b) 63-bandining birinchi xatboshida “klinik ordinaturada” so‘zlaridan keyin “klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida)” so‘zlari qo‘shildi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida” 2012 yil 10 iyuldagi 203-son qarori 2-ilovasining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“10. Fakultetda ilmiy va metodik ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2017 yil 19 maydagi 302-son va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2013 yil 1 avgustdagi 214-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligiga” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 1-ilovaning 8-bandi sakkizinchi xatboshidagi va 16-bandi uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligining” so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 2-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligining” so‘zlari bilan almashtirildi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 17 dekabrdagi 331-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish hamda kutubxonaning yangi binosi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 7 avgustdagi 219-son qarorida:
a) 4-banddagi “katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar” so‘zlari “tayanch doktorantlar va doktorantlar” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim
markazining samarali faoliyatini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015 yil 27 oktabrdagi 305-son qarori 1-ilovasining 38-bandi beshinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirildi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorida:
a) 1-ilovaning 3-bandi beshinchi xatboshidagi “falsafa” so‘zi “fan” so‘zi bilan almashtirildi;
b) 2-ilovada:
2-bandning beshinchi xatboshida “falsafa” so‘zi “fan” so‘zi bilan almashtirildi;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “va yuridik” so‘zlari chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024