Brifingda qayd etilişiça, körilgan ta’sir çoralari natijasida tadbirkorlar manfaati uçun salmoqli iqtisodiy natijalarga erişilgan. Jumladan, tadbirkorlarga 10 mlrd söm mablağ qaytarilgan, 16 mlrd sömlik qarzdorlik bekor qilingan hamda 40,1 mlrd söm subsidiya ajratilişi ta’minlangan. Şuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining 220 ta noqonuniy qarori bekor qilingani ma’lum qilindi.
Tekşiruvlar böyiça nazorat ham kuçaytirilgan: 148 mingdan ortiq tekşiruv muvofiqlaştirilib, 10 mingga yaqin qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Natijada 1072 nafar mansabdor şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 103 ta holat böyiça jinoiy iş qözğatiş uçun tegişli hujjatlar taqdim etilgan.
Şu bilan birga, nazorat organlari faoliyatida ham tizimli özgarişlar amalga oşirilgani ta’kidlandi. Xususan, nazorat organlarining 8682 nafar xodimi attestatsiyadan ötkazilib, ularning 76 foizi sinovlardan muvaffaqiyatli ötgan. Bundan taşqari, yil davomida 900 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat ekspertizadan ötkazilib, tadbirkorlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan takliflar kiritilgan.













