Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valyuta operatsiyalari asoslanganligi yuzasidan monitoring to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank boshqaruvining 7 noyabrda qabul qilingan qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.
2017 yil 18 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi Hukumati o‘rtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida 1997 yil 2 iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan Konventsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 5 apreldagi 2013-7,01-02/19-22, 7/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2467, 2013 yil 12 iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasi 22-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:00 / 29.01.2026
Autodonorlik tartibi tasdiqlandi: donor qoni zaruratda donorning o‘ziga ishlatiladi
20:07 / 25.01.2026
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
07:30 / 08.01.2026