Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kolumbiyalik futbolchi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda irqchilik qildi
Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edvin Kardona Janubiy Koreyaga (1:2) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, raqiblarga qarata irqiy kamsituvchi harakatni amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda futbolchilar orasida kichik tortishuv yuz bergan edi. Shunda 24 yoshli futbolchi ko‘z terisini barmoqlari bilan cho‘zib, koreyaliklarning ko‘zi qisiq ekaniga ishora qilib, ularning jig‘iga tegmoqchi bo‘ldi.
Yaqinda shunga o‘xshash holat AQShning MLB beysbol ligasida yuz bergan va aynan shunday harakatlari uchun, beysbolchi Yuli Gerrila beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
13:26 / 17.06.2023
Alabamadagi avtobus boykoti – AQShda qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi kechgan kurash qanday boshlangan edi?
22:15 / 01.06.2021