Xitoyning bunday natijaga erişişiga sabab havoga ajralayotgan zararli ajratmalar miqdorini tartibga soliş böyiça qat'iy qonun talablarini işga solganidir. Biroq mamlakatda havoning ifloslaniş darajasi hamon issiqxona gazlarining qöşimça manbalari hissasi kam bölgan Hindistondagiga nisbatan oşiqroq, deb yozadi Science Daily.
Xitoy va Hindiston jahonda toşkömirning eng yirik iste'molçilari sanalişadi. Ularning kömir yoqiş asosida işlovçi elektr stansiyalari va korxonalari atmosferaga katta miqdorda oltingugurt qöşoksidini çiqaradi va bu quyuq smog hamda kislotali yomğirlarga sabab böladi.
Biroq Xitoy 2007 yildan buyon oltingugurt qöşoksidini ajratib çiqarişni 75 foizga kamaytirişga erişgan, deyiladi Scientific Reports tomonidan e'lon qilingan hisobotda. Bunday natijaga mamlakat hukumati qat'iy qonunçilik talablarini işga solib, kerakli me'yordan ortiqça ajratmalarga yöl qöyayotgan korxonalarni jarimaga tortiş yuli bilan erişgan. Çoralar öz natijasini bergan va iste'mol qilinayotgan kömir miqdori 50 foizga, işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi 100 foizga oşgan, atmosferaga ajratilayotgan oltingugurt qöşoksidi miqdori esa 2/3 qismga qisqargan.
Biroq mamlakatda havoning ifloslanganlik darajasi hamon öta yuqori — kömir işlatuvçi korxonalarning atmosferaga ajratayotgan uluşi issiqxona gazlari va zararli zarraçalarning bor-yöği 10–20 foizini taşkil etadi. Olimlar agar hukumat Pekin uzra yana lojuvard osmonni körişni istasa — havoni ifloslantiruvçi boşqa manbalarni ham nazorat ostiga oliş kerak, degan fikrda.

Hindistonda esa, aksinça, oltingugurt qöşoksidini havoga ajratiş sönggi 10 yil içida 50 foizga oşgani, mamlakat jahonda bu zararli gaz bilan atmosferani ifloslantirayotgan yetakçi mamlakatlar qatoriga qöşilgani da'vo qilinmoqda. 2012 yilda u yerda kömir asosida işlovçi yirik elektr stansiyasi qurilgan va Xitoydan farqli ölaroq, atrof-muhitni ifloslantirişning oldini oliş uçun biror bir çora körilmagan. Oqlovçi yagona jihat — mamlakatda havoni ifloslantiruvçi boşqa omillar unçalik köp emas, şu sababli oltingugurt qöşoksidi Xitoydagidek muammo keltirib çiqarmaydi. Biroq Hindistonda ham elektr Energiyasiga bölgan talab yil sayin oşib bormoqda, parnik gazlarining ajralib çiqişini kamaytirişga doir çoralar qöllanilmasa, vaziyat yomon tomonga özgarib ketişi tayin.
Hindiston uçun quyoş energetikasi najot bölişi mumkin. Mamlakat boş vaziri Narendra Modi 16 mlrd. rupiya (1,8 mlrd. yevro) bölgan dasturni işga tuşirdi. Unga köra, 2018 yilning söngiga borib barça uy xöjaliklari elektrlaştiriladi. Dastur Hindistonning şahar va qişloqlarida istiqomat qiluvçi 40 milliondan ortiq oilani — mamlakat aholisining çorak qismini qamrab oladi.












