Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba yana rekordni «urdi» - 3 daqiqada 1,5 mlrd. dollarlik tovarlar sotildi
Xitoyning Alibaba kompaniyasi «Bo‘ydoqlar kuni»dagi mahsulotlarni arzon narxlarda sotish bo‘yicha aksiya boshlanganidan uch daqiqa o‘tib 1,5 milliard dollarlik tovarlarni sotib yubordi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kompaniya bunday o‘ziga xos bayramning ilk olti daqiqasi ichida miqdori taxminan 19,1 mlrd. yuan bo‘lgan mahsulotlarni sotib yuborgan.
«Bo‘ydoqlar kuni» - bu tovarlarni arzon narxlarda sotish bo‘yicha aksiya kuni hisoblanib, AQSh va butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziluvchi «Qora juma» yoki «Kiberdushanba»ning xitoycha variantidir. U har yili 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
2016 yilda Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»da 17,8 mlrd. dollarga mahsulotlarni sotib yuborib, bir yil muqaddamgi rekordni «urgandi». O‘shanda Xitoydagi sotuvlar miqdori «Qora juma» yoki «Kiberdushanba» aylanmasidan (mos ravishda – 2,74 mlrd. va 3,07 mlrd. dollar) ham oshib ketgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026