Jahon | 16:10 / 11.11.2017
10987
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri IShIDga qarshi urushdan ko‘rilgan zararni hisoblab chiqdi

Foto: Iroq qurolli kuchlar qo‘mondoni Haydar al Obodiy

Iroq davlatining IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda ko‘rgan zarari 100 mlrd dollarga yetdi. Mamlakat bosh vaziri, qurolli kuchlar qo‘mondoni Haydar al Obodiy shunday bayonot berdi. 

"Iroqning IShIDga qarshi urushdagi yo‘qotishlari 100 mlrd dollarga yetdi", - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi Al Sumaria telekanali.

Iroq bosh vaziriniing qayd etishicha, mamlakat hukumati bo‘lg‘usi terrorchilarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yollash bilan shug‘ullanuvchilar va radikal g‘oyalarni tarqatuvchilar bilan keskin kurash olib boradi. 

Al Obodiyning bayonoti hukumat kuchlarining Suriya bilan chegaradosh Anbar viloyati Rava shahrida joylashgan IShID qarorgohiga zarba berishiga to‘g‘ri keldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid