Jahon | 08:56 / 11.11.2017
5415
2 daqiqa o‘qiladi

MAGATE rahbari Eron yadro kelishuvini qay darajada bajarayotganiga oydinlik kiritdi

Foto: MAGATE bosh direktori Yukiya Amano

Eron «oltitalik» bilan (BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi va Germaniya – tah.) 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuv shartlarini bajarmoqda, hamda mamlakatga nisbatan eng ishonchli nazorat tartibi o‘rnatilgan, u hozirgi paytga qadar hech qanday yashirin faoliyatni aniqlamadi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano BMT Bosh Assambleyasi oldida ma'ruza bilan chiqish qilarkan aytib o‘tdi.

"Eron tomonidan Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi (QKHR) doirasida, yadro sohasi bo‘yicha olingan majburiyatlar bajarilmoqda. Hozirgi paytda Eronga nisbatan eng ishonchli nazorat tartibi o‘rnatilgan. Bizning inspektorlar obektlarga borish imkoniyatini kengaytirishdi va Eron yadroviy dasturi haqida ko‘proq ma'lumotga egalar. U (yadro dasturi – tah.) QKHR kuchga kirganidan beri qisqardi", - deya aytib o‘tdi Amano.

Amanoning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot Eron tomonidan MAGATE bilan kafolatlar to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganda ma'lum qilingan materiallar harbiy dasturlarga yo‘naltirilmasligini kuzatib bormoqda. "Eronda qayd etilmagan yadro materiallari va faoliyatning yo‘qligini tekshirish davom etmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

QKHR Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Germaniya tomonidan Eron bilan 2015 yilning iyulida muvofiqlashtirildi hamda 2016 yilning yanvaridan amalga oshirila boshlandi. Kelishuv Tehronga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashi, AQSh va Yevroittifoq tomonidan avval joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi. Tehron esa o‘zining yadroviy faoliyatini cheklashi hamda uni xalqaro nazoratga qo‘yishi talab etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid