Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada mushuk keksa ayolning o‘limida gumon qilinmoqda
Yaponiya politsiyasi Kumamoto prefekturasida yashagan 82 yoshli keksa ayolning o‘limida ko‘cha mushugini gumon qilmoqda, deb xabar bermoqda Japan Today nashri.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayolning jasadini uning qizi aniqlagan. Ayolning yuzida 20 ga yaqin, ancha botiq tirnalish izlari bo‘lgan.
“Biz uni topganimizda uning dahanidan yuqorisi qonga belangan bo‘lgan. Biz nima bo‘lganini bilmaymiz”, deb aytmoqda ayolning qizi.
Politsiya qotilni topish uchun tergov boshlagan. Politsiyachilar ayolga hujum qilingan vaqtda u yashagan uyga biror kishi kirgani yoki undan chiqqani alomatlarini aniqlashmagan.
So‘ngra ular jarohatlar mushuk panjalari izlarini eslatib yuborayotganiga e'tibor qaratishgan. OAVning ma'lum qilishicha, politsiya inson qoni izlari bo‘lgan mushukni topishga muvaffaq bo‘lgan. Qon namunasi tekshiruvga jo‘natilgan, biroq hozircha uning natijalari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026