Sport | 12:40 / 12.11.2017
30095
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatining ochilish marosimidan fotoreportaj

Toshkent shahri yana bir yirik xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda. 10-12 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 11 noyabr kuni “O‘zbekiston” universal sport saroyida ushbu xalqaro musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Aytish joizki, mazkur ochiq chempionat qo‘l jangi sport turida 2017 yilning jahondagi so‘nggi yirik musobaqasi bo‘lib, u erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda 15 dan ortiq davlatdan sara qo‘l jangi ustalari ishtirok etmoqda. Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ikki tarkib bilan qatnashmoqda.  

Musobaqa ochilish marosimida qo‘l jangi bo‘yicha professional janglar ham bo‘lib o‘tdi. 70, 85 va 90 kg vazn toifasida o‘tkazilgan professional janglarda o‘zbekistonlik Iqbol Xudoyqulov tojikistonlik Firdavs Ahmadjanov bilan, yana bir o‘zbek jangchisi Bekzod Nurmatov ukrainalik sportchi Maksim Soroko bilan kuch sinashdi. Kechaning markaziy jangida yana bir o‘zbek o‘g‘loni Muzaffar Rajabov rossiyalik Roman Kopilovga qarshi jang olib bordi. 

Qizg‘in kechgan bahslarda Firdavs Ahmadjanov, Bekzod Nurmatov hamda rossiyalik sportchi Roman Kopilovning raqiblaridan qo‘li baland keldi.

Quyida ochilish marosimi va qo‘l jangi bo‘yicha professional janglardan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid