Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tashkil etilayotgan «Oziqovqatta'minot» vodiy viloyatlari filiallariga rahbarlar tayinlanadi
14-16 noyabr kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi tashkil etilayotgan «Oziqovqatta'minot» filiallariga malakali rahbar va xodimlarni suhbatdan o‘tkazish, ularni viloyat hokimliklari bilan kelishgan holda lavozimga tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi Matbuot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 oktabrdagi PQ-3344 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh vodiy bo‘ylab «Oziqovqatta'minot» filiallarida kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borishi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha har bir dehqon bozorlarida qurilishi rejalashtirilayotgan «Xizmat beminnat» savdo pavilonlarini faoliyatini tashkil etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari 2017 2018 yil qish/bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish ishlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarda omborlarga jamg‘arilishini ta'minlash to‘g‘risida chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 06.12.2017
«O‘zbekoziqovqatzaxira» korxonalari shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar mahsulotini xarid qiladi
19:20 / 13.04.2017
O‘zbekistonda kartoshka tanqisligi nima uchun yuz bergani tushuntirildi
10:10 / 01.11.2016