Qiş-bahor mavsumi uçun asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarining 660 ming tonnalik zaxirasini yaratiladi. Bu haqda ÖzA “Özbekoziqovqatzaxira” uyuşmasi raisi Zafar Fayziyevga asoslanib xabar bergan.

"2016-2017 yil qiş-bahor mavsumi uçun asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarining 660 ming tonnalik zaxirasini yaratiş çoralari körilmoqda. 175 ming tonna kartoşka, 139 ming tonna piyoz, 46 ming tonna boşqa sabzavotlar, 105,8 ming tonna meva şular sirasidan", degan u.

Zafar Fayziyevning sözlariga köra, 2011-2016 yillarda bu yönalişda qariyb 70 milliard söm yönaltirilib, umumiy siğimi 68 ming tonnaga teng bölgan 50dan ziyod sovutgiçli kameralar foydalanişga topşirildi. “Namanganulgurjisavdoinvest”, “Qaşqadaryotijoratsavdo” jamiyatlaridagi har biri 3 ming tonnalik, “Bekobodgöştsutsavdo”dagi 2 ming tonnalik, “Farğonagöştsutsavdo”dagi 4,2 ming tonnalik omborlar şular jumlasidandir. Uyuşma korxonalari va şaharlarda jamğarilgan 330 ming tonna qişloq xöjaligi mahsulotlari mazkur omborlarda sifatli saqlanib, qiş-bahor oylarida içki bozorga peşma-peş yetkazib berilmoqda. 

 Şu yilning ötgan davrida korxonalarimizda 4 ming tonnalik sovutgiçli siğim işga tuşirildi. Natijada yurtimizda foydalanişga topşirilgan bunday obektlarning umumiy hajmi 98,5 ming tonnaga yetadi. Bu boradagi işlar kelgusida ham izçil davom ettirilib, 2016-2020 yillarda 325 ming tonnalik sovutgiçli zamonaviy omborxonalar işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Mamlakatning barça hududida maxsus omborlar qurilib, mahsulotlarni saqlaş texnologiyasi takomillaştirilayotgani saqlanadigan meva-sabzavotlar turi va hajmi oşişida muhim omil bölmoqda. 

"Mahsulotlarning içki bozordan ortgani eksportga çiqarilmoqda. Joriy yilning ötgan davrida karam, gilos, pomidor, bodring, sabzi, kökat, quritilgan meva kabi mahsulotlar Rossiya, Qozoğiston, Ozarbayjon, Qirğiziston, Xitoy va boşqa davlatlardagi buyurtmaçilarga yetkazib berildi. Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Andijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Namangan, Qaşqadaryo, Farğona, Toşkent viloyatlari korxonalarining uluşi salmoqli böldi", degan “Özbekoziqovqatzaxira” uyuşmasi raisi.