Prezidentning 30.11.2017 yildagi PQ-3418-son qarori bilan «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasi taşkilotlari tomonidan dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklardan qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ma'lumot uçun: şaxsiy yordamçi xöjalik - bu şaharça, qişloq, ovullarda yaşovçi fuqarolarga (meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida uy-joy quriş uçun berilgan uçastkalarning bir qismida) tomorqada oila a'zolarining şaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uçun dehqonçilik va çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş hamda oila ehtiyojidan ortiqçasini dehqon bozorlarida sotiş bilan şuğullanadigan oilaviy xöjalik.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş bilan şuğullanadigan şaxsiy yordamçi xöjaliklar tijorat bankida MB qayta moliyalaştiriş stavkasidan oşmaydigan stavka böyiça EKIHning 100 baravarigaça bölgan miqdorda mikrokredit olişlari mumkin. Mikrokredit muddati, şuningdek imtiyozli davr mablağlarning belgilangan maqsadlariga boğliq (batafsil öqing).
Nizom doirasida qişloq xöjaligi mahsulotlari deganda dehqon yoki şaxsiy yordamçi xöjaliklarda yetiştirilgan sabzavotlar, kartoşka, poliz mahsulotlari, mevalar, uzum, guruç, dukkaklilar, mol, qöy va parranda göşti tuşuniladi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qiliş quyidagilar uning taraflari hisoblanadigan oldi-sotdi şartnomalari asosida amalga oşiriladi:
• yetkazib beruvçi – dehqon yoki şaxsiy yordamçi xöjalik-qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi;
• «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasi tarkibiga kiradigan qişloq xöjaligi mahsulotlarini tayyorlaş va saqlaş uçun ğamlaş hamda realizatsiya qiliş böyiça korxonalar. Uyuşmaning rasmiy sayti ma'lumotlariga köra uning tizimiga butun respublika böyiça 46 taşkilot kiradi.
Şartnoma bilan bir qatorda taraflar örtasida tasdiqlangan şakl böyiça xarid qiliş dalolatnomasi rasmiylaştiriladi. Unda bitim tuzilgan joy, yetkazib beruvçining FIO, pasport ma'lumotlari va STIR, mahsulot nomi, uning hajmi, narxi va bitim summasi, şuningdek yetkazib beruvçi imzosi bilan pul olinganligining tasdiqlanganligi yoki uning plastik kartasi rekvizitlari (hisobvaraq raqami) aks ettiriladi.
Xarid qilingan qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun hisob-kitob naqd pul bilan yoki plastik kartaga yoxud bankdagi omonat hisobvarağiga pul ötkaziş bilan amalga oşiriladi.








