Tojikistonda umrbod qamalgan generalning uyi bog‘chaga aylantirildi
Tojikistonning Ko‘lobida umrbod ozodlikdan mahrum etilgan general G‘affor Mirzoyevning uyi bolalar bog‘chasiga aylantirildi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.
2006 yilda mamlakat Oliy sudi Milliy gvardiya sobiq qo‘mondoni va Narkotiklarga qarshi mahkama sobiq rahbari Mirzoyevni davlat to‘ntarishiga urinish hamda boshqa jinoyatlarda aybdor deb topdi va umrbod ozodlikdan mahrum qildi. Uning mol-mulki davlat foydasiga musodara etildi.
Ko‘lob davlat universiteti ma'muriyati esa generalning shahar markazidagi yarim gektarlik yerda joylashgan uyida elektron kutubxona yaratish taklifi bilan chiqdi. Biroq keyinchalik rejalar o‘zgardi.
10 noyabr kuni universitetdan xabar berishlaricha, uy ta'mirdan chiqarildi hamda u yerda bolalar bog‘chasini joylashtirishdi. Oliy ta'lim muassasasi rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, bog‘chada o‘qituvchilarning farzandlari tarbiyalanadi. «Bu bino yangi missiyaga to‘la tayyor. Uy atrofidagi baland panjara olib tashlanib, uning o‘rniga temir to‘siqlar qo‘yildi», - deya aytib o‘tgan universitet o‘qituvchilaridan biri.
Ko‘lobda istiqomat qiluvchi 60 yoshli Fayziddin Zarifiyning aytishicha, G‘affor Mirzoyev fuqarolik urushidan so‘ng hududni o‘zlashtirib olgan hamda o‘z uyini baland panjara bilan to‘sib qo‘ygan.
Shuningdek, G‘affor Mirzoyev oilasining yana uch a'zosi ham qamoqda – ukasi Abdurasul Mirzoyev, o‘g‘li va singlisining kuyovi.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024