Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi inqirozni siyosiy jihatdan hal qilishga asos paydo bo‘ldi - Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ayni vaqtda Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish uchun asos paydo bo‘lganini aytdi.
“Biz ayni vaqtda masalani siyosiy hal qilish uchun asos paydo bo‘lgani haqidagi kelishuvga keldik”, deb aytgan Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochidagi muzokaralar natijalariga ko‘ra.
Uning aytishicha, Anqara “Putin va Donald Trampning Vetnamda Suriya bo‘yicha birgalikda bergan bayonotiga muhim ahamiyat berishini” qo‘shimcha qilgan.
AQSh va Rossiya yetakchilari Vetnamda IShIDni yakson qilishda qat'iyliklarini tasdiqlashgan. Shuningdek, ular “Suriyaning suvereniteti, mustaqilligi, birdamligi, hududiy yaxlitligi”ni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan. Ular Suriyadagi vaziyat harbiy yechimga ega emasligi haqidagi fikrga kelishgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026