Jahon | 16:20 / 14.11.2017
5465
2 daqiqa o‘qiladi

Tayvan BMT anjumanida kuzatuvchi maqomida ham ishtirok etmaydi

Foto: TODAYonline

Tayvan rasmiylari orol Atrof-muhitni asrash vaziri BMT tomonidan tashkillashtiriladigan an'anaviy Iqlim o‘zgarishi anjumanida nodavlat ishtirokchi maqomida ham ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi. Bunga Pekin bildirayotgan bosim sabab bo‘lgani bildirildi.

Shuning bilan Xitoy materigidan ajrab turgan Tayvanning mustaqil o‘z taqdirini belgilash va xalqaro munosabatlarning alohida ishtirokchisi bo‘lishi shubha ostida qolmoqda. Orol Tashqi ishlar vaziriligi «Germaniyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Iqlim o‘zgarishiga oid anjumanda Tayvan Atrof muhitni asrash vaziri qatnashishi»ni bildirgandi. Dushanba ushbu harakatlar Xitoy tomonidan uyushtirilayotgan bosim tufayli yo‘qqa chiqayotgani ta'kidlandi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Jyeng Shuang ushbu vaziyatga baho berib, shunday deydi:

«Xalqaro munosabatlarda mamlakat pozitsiyasini ifoda etish haqida gap ketganda, unutmaylik: Xitoy yagona bir davlat. Bu tamoyil Tayvan uchun ham tegishli».

2009 yildan buyon Tayvan ushub anjumanda ishtirok etish istagida ekanini bildiradi, ammo mustaqil davlat vakili sifatida qatnasha olmagan. 2016 yili orol vakili quyi maqomda anjumanga taklif qilingan va unda ishtirok etgan.

O‘tgan davr ichida Xitoy hukumat Tayvan vakillari BMT doirasida tashkil etilgan bir nechta anjumanlarda kuzatuvchi maqomida ishtirok etishga ruxsat bergan. Lekin 2016 yili orolda o‘tkazilgan saylovlar natijalariga ko‘ra, Tsai In Ven prezidentlik lavozimini egallagach, vaziyat tubdan salbiy tomonga o‘zgarmoqda.

Mavzuga oid