Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telman Ismoilov taniqli xonandaga uyushtirilgan suiqasdga aloqador bo‘lishi mumkin
Tadbirkor hamda Moskva shahri sharqidagi Cherkizov bozorining sobiq egasi, hozirda xalqaro qidiruvga berilgan Telman Ismoilov taniqli estrada xonandasi Avraam Russoga uyushtirilgan suiqasdga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mash telegram-kanali yozmoqda.
2000-yillar boshida qo‘shiqchi va tadbirkorni prodyuserlik munosabatlari bog‘lab turgan, biroq musiqachi Ismoilovdan korporativ tadbirlarda qatnashgani uchun olgan mablag‘larining bir qismini yashira boshlagan. Telegram-kanal ma'lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng Russoni «yo‘qotish» haqida qaror qabul qilingan.
Artistga suiqasd 2006 yilda amalga oshirilgan. O‘shanda noma'lum shaxs Moskva ko‘chalaridan birida uning mashinasini avtomatdan o‘qqa tutgan. Uchta o‘q xonandaning soni, boldiri va qorniga tekkan.
Avvalroq Telman Ismoilov qotilliklarni tashkillashtirish bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:00 / 02.11.2018
Telman Ismoilov Putinga xat yozganini rad etdi
11:50 / 05.12.2017
Telman Ismoilovga qotillik bo‘yicha ayblov qo‘yildi
08:41 / 20.11.2017
«Nabiralarimga qotil ekanimni aytishmoqda». Telman Ismoilov bayonot berdi
15:55 / 11.11.2017