Rossiya Tergov qömitasi tadbirkor Telman Ismoilovga sirtdan qotillik böyiça ayblov qöydi va qamoqqa oliş körinişida ehtiyot çorasi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RF Tergov qömitasi saytida xabar berilgan.
«Tergov ma'lumotlariga köra, Telman Ismoilov tadbirkorlar Vladimir Savkin va Yuriy Brilyovning öldirilişi taşkilotçisi sanaladi, bu jinoyatlar ötgan yili sodir etildi. U qotillikni amalga oşiriş rejasini öz aka-ukalari Rafiq hamda Vagif Ismoilovlar bilan birga işlab çiqqan. Jinoyatni esa Mehmon Kerimov amalga oşirgan», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, Ismoilovni xalqaro qidiruvga beriş böyiça tegişli materiallar Rossiya Boş prokuraturasiga yuborilgan.
Avvalroq Telman Ismoilov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida Rossiyadagi qator qotilliklarga aloqador emasligini ma'lum qilgandi.












