Moskvaning Basman sudi tadbirkor hamda Çerkizov bozorining sobiq egasi Telman Ismoilovni sirtdan hibsga oldi hamda xalqaro qidiruvga e'lon qildi. Bu haqda «Interfaks»ga uning advokati Marina Rusakova xabar berdi.

«Uning hibsga olinişi böyiça noqonuniy qaror 30 oktabr kuni qabul qilindi. Moskva şahar sudiga u böyiça şikoyat arizasi yuborildi. Şikoyatni apellyatsion tartibda körib çiqiş 15 noyabrga belgilangan», - deya aytib ötdi Rusakova.

Ismoilov ikkita qotillikni taşkillaştiriş va qurolning noqonuniy aylanişida ayblanmoqda. Qöşimça tafsilotlar oçiqlanmagan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida tadbirkor Telman Ismoilov özining bankrotlikka uçraşi yuzasidan arz qilgandi.