Jahon | 12:50 / 15.11.2017
11207
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiylar Zimbabve moliya vazirini qo‘lga olishdi

Foto: Reuters

Zimbabveda harbiylar mamlakat moliya vaziri Ignasiusa Chomboni qo‘lga olishdi. Bu haqda Reuters hukumatdagi manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

U hukumatdagi ZANU-PF partiyasining asosiy yetakchilaridan biri hisoblanardi.

Partiyani 93 yoshli prezident Robert Mugabening rafiqasi Greysi Mugabe boshqarardi.

Bundan oldinroq harbiylar Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olingani haqida ma'lum qilishgandi. Shu bilan birga Mugabe va uning oilasi «xavfsiz hamda ishonchli joyda ekani, ularning xavfsizligi kafolatlangani» haqida qo‘shimcha qilib o‘tilgan.

Harbiylar «davlatdagi vaziyat boshqa darajaga chiqqani» haqida e'lon qilishgan.

«Biz faqat uning atrofidagi jinoyatchilarni ta'qib qilmoqdamiz. Ular jinoyatlar sodir etib, mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy azob-uqubatlar keltirib chiqarishmoqda. Biz ularni javobgarlikka tortish maqsadidamiz», - deya ma'lum qilgan bosh notiq, armiya shtabi boshlig‘i, general-mayor S.B.Moyo deb aytilayotgan shaxs. 

Zimbabve muxolifati esa «tinch yo‘l bilan konstitutsion demokratiyaga qaytish»ga chaqirgan. Ular harbiylarning aralashuvi «barqaror, demokratik va taraqqiy etgan milliy davlat tuzilishi»ga yordam berajagiga umid bildirishgan.

Mavzuga oid