Jahon | 06:41 / 15.11.2017
4961
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyadagi avtohalokat 21 kishining hayotini olib ketdi

Foto: illyustrativ foto

Efiopiya shimolidagi Tigre viloyatida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Yo‘l politsiyasi zobiti Gebremedin Nreaning aytishicha, avariyaga avtobusning me'yoridan ortiq yuklangani sabab bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, avtobusga eng ko‘pi bilan 27 kishini olishi mumkin bo‘lgan, biroq avariya vaqtida avtobusda 34 kishi bo‘lgan.  

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid