Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada dunyodagi ilk velosipedlar yuvish joylari paydo bo‘ldi (foto)
Dunyoning zamonaviy shaharlarida yo‘ldagi katta tirbandliklar va ekologik muammolar harakatlanish vositasi sifatida velosipedlarning ommalashishiga sabab bo‘lmoqda. Velosipedlarni soz holda saqlash uchun Yevropada ularni yuvish uchun kichik o‘lchamli, qulay avtomatik yuvish qurilmalari joriy qilinmoqda.

CycleWash Duo nomli bu qurilma Sashin Kumar tomondan yaratildi. Kumarning fikricha, bu qurilmani barcha istovchilar shaxsiy foydalanish uchun xarid qila oladilar. Bundan tashqari, ushbu qurilmalarni ko‘chalarda va trassalar bo‘ylab joylashtirish hamda avtomobillar yuvish joylariga o‘xshash pulli xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yaratish mumkin. CycleWash Duo 113 litr suvga mo‘ljallangan idishga ega. Bitta velosipedni yuvish uchun 40 gradus haroratga ega 0,5 litr suv kifoya qilar ekan.

Velosipedlar aylanib turuvchi chyotkalar yordamida yuviladi. Qo‘llanadigan suv qayta qo‘llash uchun sirkulyatsiya qilinadi. Velosipedni dastlabki va yakuniy yuvish uchun alohida purkagichlar mavjud. Bitta velosipedni “g‘uborlardan to‘liq forig‘ qilish” uchun 3-5 daqiqa ketadi.
To‘lov smartfondagi dastur yordamida QR-kod va PayPal tizimi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu xizmat Germaniya va Avstriyada 5,25 dollardan 9,9 dollargacha turadi.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026