Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yirik avtohalokatda 18 kishi halok bo‘ldi
Foto:CCTV
Xitoyning sharqidagi Anxoy viloyatida 30 dan ko‘proq mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 18 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.
Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Ma'lum qilinishicha, avtohalokat 15 noyabr soat 7:50lar atrofida Fuyan va Xefey shaharlarini bog‘lovchi tezkor trassada yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida bir nechta mashina yonib ketgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari ish olib borgan.
YTHning sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga quyuq tuman sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ko‘rinish darajasi tushib ketgan. Bu esa bir nechta kichik to‘qnashuvlarga olib kelgan va katta tezlikda kelayotgan mashinalar birin-ketin bir-biriga urila boshlagan. Ushbu YTH 3-4 kilometrlik tirbandlik hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026