Jahon | 19:45 / 16.11.2017
15184
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dahshatli avtohalokat fonida suratga tushgan muxbir ishidan haydaldi

Foto: scmp.com

Xitoyda mahalliy telekanallardan birining ayol muxbiri 18 kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangan yo‘l-transport hodisasi fonida kulib suratga tushgani uchun ishidan haydaldi.

Avtohalokat 15 noyabr ertalab  Fuyan shahri yaqinida yuz bergandi. Tuman sababli tezkor trassada 30 ta avtomobil to‘qnashib ketgan va ulardan bir nechtasi yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar mashinalar ichida qolib ketgan 17 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.  

Qilmishi uchun jazolangan muxbir Fuyan telekanallaridan birida ishlagan Lin ismli ayol bo‘lgan. U suratda yonib ketgan mashinalar joyida ikkita barmog‘ini ko‘tarib, quvnoq  yuz bilan tasvirlangan. Muxbir bu suratni “Veybo” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirgan. 

Surat foydalanuvchilar tomondan keskin tanqid qilingandan keyin telekanal rahbariyati Linni nomaqbul qilmishi uchun ishidan bo‘shatishga qaror qilgan. Telekanal kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun o‘z xodimlari professionalligi va axloqiga jiddiy e'tibor qaratishga va'da bergan. 

Mavzuga oid