Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Iroq va Suriyadagi 95 foiz hududidan mahrum bo‘ldi – AQSh davlat departamenti
IShID terrorchilik guruhi Iroq va Suriyada bosib olgan hududning 95 foizidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidentining IShIDga qarshi kurashish bo‘yicha vakili Brett Makgerk ma'lum qildi.
“Makgerkning ta'kidlashicha, koalitsiyamiz 2014 yilda shakllangandan beri IShID Iroq va Suriyada nazorat qilgan 95 foiz hududni yo‘qotgan. 7,5 mln kishi IShID zulmidan ozod qilingan, 2,6 mln iroqlik uyiga qaytgan. IShID yo‘qotgan hududining bir metrini ham yana nazoratiga qaytara olmagan”, deb aytilgan AQSh davlat departamentining AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga kiruvchi davlatlar kichik guruhi uchrashuvida. Uchrashuv 15 noyabrda Iordaniyada bo‘lib o‘tdi.
IShIDga qarshi kurash olib borayotgan koalitsiyaga 70 dan ko‘proq davlat kiradi. Ushbu koalitsiya Iroqda ushbu mamlakat rahbariyati ruxsati bilan, Suriyada esa hech qanday ruxsatsiz operatsiyalar olib boradi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026