Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov terrorchilikka yollovchilarni otib tashlashni taklif qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov terrorchilikka yollovchilarga nisbatan portlovchi qurilmalarni portlatuvchi, odamlarni garovga oluvchi va qo‘poruvchiliklar amalga oshiruvchi jangarilarga qo‘llanadigan jazodan ham “qattiqqo‘lroq jazo” kiritilishini qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, ularni “otishga mahkum qilish” kerak. Qodirov bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozgan.
“Bilaman, terrorchi va yollovchini qanday qilib tenglashtirish mumkin, degan gaplar boshlanadi”, deb aytgan Qodirov va buni nafaqat “qilish mumkinligi”, balki “qilish zarurligi”ni ta'kidlab o‘tgan. “Terrorchilikka yollanib, o‘z ortidan o‘nlab va yuzlab qurbonlarni olib kelgan harakatlarni amalga oshirishga yo‘llangan odam agar bu vahshiylar uning quloqlariga quymaganda va psixologik ta'sir ko‘rsatmaganda bu ishni hech qachon qilmasligi ham mumkin edi”, deb aytdi Qodirov va yollovchilarni “chashmani chiqar joyida zaharlagan odamga” qiyosladi.
“Shu sababli men yollovchilarga nisbatan jazoning nafaqat kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlayman, balki eng qattiqqo‘l choralar ko‘rilishi tarafdoriman. Aynan bunday odam otishga mahkum qilinsa bo‘lardi, chunki u xudkushdan farqli o‘laroq yashashni istaydi, o‘limga bormaydi”, deb aytdi Checheniston rahbari.
16 noyabrda Rossiya davlat dumasi deputatlari terrorchilik tashkilotlariga yollash uchun jinoiy jazoning kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq ma'qullashdi. Bu hujjatga ko‘ra, terrorchilikka yollovchilarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
-
Oziq-ovqatdagi me’yor: ortiqcha yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
Jamiyat | 20:52
-
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
O‘zbekiston | 20:48
Mavzuga oid

22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi

20:36 / 17.08.2024
Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi

21:30 / 04.08.2024
Ramzan Qodirov Mudofaa vazirligidan Chechenistonda polk va batalonlar tuzish vakolatini berishni so‘radi

00:00 / 31.07.2024