Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 29 sentabrdagi PQ-3295-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.Gulyamov zimmasiga yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Birja va ko‘rgazma- yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibiga quyidagi mazmundagi 81- band qo‘shildi:
“81. Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob- kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar faqat birjalar va yarmarkalarda ro‘yxatdan o‘tgan bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Import shartnomalari bo‘yicha tovar-xomashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqat birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin”.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 6 maydagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjalari savdolarida import kontraktlari tuzish tartibining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“12. Tovar birja import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgandan va xaridor tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin birjaning hisob-kitob-kliring palatasi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so‘mda sotuvchi-norezidentning birjaning hisob-kitob (kliring) palatasidagi hisob raqamiga o‘tkazadi, sotuvchi ulardan faqat birjalar va birjalarning ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatishi mumkin.
Birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining “2001-2002 yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001 yil 9 martdagi 119-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining "Loro" korrespondentlik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablag‘laridan:”.
Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001 yil 1 maydagi 198-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“9. Belgilab qo‘yilsinki:
“import shartnomalari bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqat birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin;
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, shu jumladan uning filiallari, istisno tariqasida, mulk solig‘i to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinadi, bo‘shab qolayotgan mablag‘lar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, elektron birja savdolarining yagona tizimini shakllantirishga yo‘naltiriladi”.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014 yil 6 oktabrdagi 279-son qarorida:
a) 2-ilovada:
8-bandning uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi va “Xalq iste'mol tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlandi;
34-bandning birinchi xatboshidagi “HKKPda” so‘zi “Hisob-kitob-kliring palatasida” so‘zlari bilan almashtirildi;
b) 3-ilova 4-bandining uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi va “Xalq iste'moli tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlandi;
v) 4-ilova 4-bandining uchinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatasidagi va “Xalq iste'moli tovarlari bilan savdo qilish respublika ko‘rgazma-yarmarka savdo markazi” YoAJdagi o‘zlarining maxsus hisob raqamlaridagi” so‘zlari chiqarib tashlandi.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazining davolash-diagnostika korpusini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 30 iyuldagi 247-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024