Jahon | 19:30 / 18.11.2017
11900
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta parvoz qurilmasi falokatga uchradi

Foto: BCH Policing

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta parvoz qurilmasi Airlander 10 yerga qulab tushdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

O‘zidan samolyot va dirijabl gibridini aks ettiruvchi uchish qurilmasi Bedfordshir grafligida falokatga uchradi. Guvohlarning aytishicha, qurilma havoga ko‘tarilayotganda daraxt shoxlariga ilinib, qobig‘iga shikast yetgan. Bu esa uning ichidagi geliyning chiqib ketishiga olib kelgan. Airlander 10’ning 20 tonnalik kabinasi yerga qulagach, butkul barbod bo‘lgan.

17 noyabrda Airlander 10 ustida ish olib borayotgan Hybrid Air Vehicles qurilmani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Qurilmani yaratish uchun 100 mln funt sterling sarflangan. 

Airlander 10 avvalboshdan AQSh qurolli kuchlari uchun yaratilgan, biroq u ustidagi ishlar yetarlicha moliyalashtirish yo‘qligi sababli to‘xtatilgandi.

Uzunligi 92 metr keladigan uchish qurilmasi 5 km gacha balandlikka ko‘tarila olgan va soatiga 148 km tezlik bilan harakatlana olgan. Geliy evaziga qurilma havoda 2 haftagacha qolishi mumkin edi.  

Avval ham qurilma shunga o‘xshash vaziyatga uchragandi: 2016 yil avgustda sinov parvozi vaqtida qurilma telegraf liniyasi ustuniga tegib ketishi oqibatida uchuvchi kabinasiga shikast yetgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid