Jamiyat | 18:10 / 18.11.2017
15662
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki kollej talabasining janjali kasalxona bilan yakun topdi

Chirchiq shahrida, 16 noyabr kuni soat 08.00 larda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, Chirchiq shahar “Texnika kasb-hunar kolleji” 1-bosqich talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan, M.A. Chirchiq shahar, A.Temur mahallasida o‘zaro janjallashib, tanishi, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, ushbu kollejning 1-bosqich talabasi, 2001 yilda tug‘ilgan., S.Sh.ni  qo‘li bilan urib shikast yetkazgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazining 16 noyabr kunidagi 14650-sonli birlamchi tibbiy ma'lumotnomasiga ko‘ra, S.Sh.ning olgan tan jarohatlari «sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil» tan jarohati ekanligi aniqlandi. 

Ushbu holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘z.R.JKning 109-m., 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid