Jahon | 12:00 / 18.11.2017
15466
1 daqiqa o‘qiladi

«Vampir Madridga qochib ketdi». Maduro Ispaniyaga murojaat qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, Ispaniya mamlakatdan jo‘nab ketgan muxolifatchi Antonio Ledesmani o‘ziga qoldirishi mumkin.

«Vampir bizdan Madridga qochib ketdi, mayli uni bizga qaytarishmasa ham bo‘ladi», - deya Maduroning so‘zlarini keltiradi NTN24.

Telekanalning ta'kidlashicha, avval uy qamog‘ida saqlangan Ledesma qo‘shni Kolumbiyaga qochib ketgan bo‘lib, u yerdan Ispaniyaga samolyotda parvoz qilgan.

Siyosatchi davlat to‘ntarishi bo‘yicha harakatga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid