Jamiyat | 15:40 / 19.11.2017
17129
3 daqiqa o‘qiladi

FOTO: Sevilya - 2018 yilning eng yaxshi sayohat shahri

Sayyohlar uchun mo‘ljallangan Lonely Planet portali o‘zining Best in Travel reytingini yangiladi. U 2018 yili sayohat qilishni tavsiya etuvchi shaharlar Top-10 ro‘yxatini e'lon qildi. Uning birinchi o‘rniga Ispaniyaning flamenko raqsi, gotik arxitekturasi va xushta'm churros shirinligi bilan mashhur Sevilya shahri tan olindi. Quyida nima uchun Sevilya tanlanganining bir necha sabablari bilan tanishasiz. Sevilya bir vaqtlar Ispaniya Andalusiyasining ma'muriy markazi hisoblanadi. 

Foto: Shutterstock

Bu ancha mashhur joy bo‘lib: shaharning har burchagida sayyohlik avtobuslarini ko‘rish mumkin.

Foto: Shutterstock

Yanada talabchanroq sayohlar uchun muqobil transport vositasi ham bor — ot-arava.

Foto: Shutterstock

Plasa-de-Espanya saroyi 1929 yili tashkil etilgan Ibero-Amerika ko‘rgazmasi uchun barpo qilingan edi.

Foto: Shutterstock

Ulkan majmua piyodalar o‘tishi uchun qurilgan ko‘prikchalar ostidan o‘tuvchi kichik kanallar atrofida qurilgan.

Foto: Shutterstock

Saroyning gotik arxitekturasi shaharning ulug‘vor ko‘rinishiga hamohangdir.

Foto: Shutterstock

 Fontanlar ham binoning ulug‘vorligini takrorlaydi.

Foto: Shutterstock

Alkasar saroyi Sevilyaning yana bir diqqatga sazovor joyi hisoblanib, YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: Shutterstock

Gertsoglar saroyi birmuncha kamtarona ko‘rinsa-da, ajoyib tarixga ega va milliy yodgorlik sanaladi.

Foto: Shutterstock

Shaharning yana bir jozibakor manzili Gvadalkvivir daryosidagi Oltin minoradir. U 13-asrdan beri harbiylarga qo‘riqchilik binosi sifatida xizmat qilib kelgan. 

Foto: Shutterstock

Parasol metropoli, avangard yog‘ochdan yasalgan konstruksiya bo‘lib, mahalliy aholi uni «Sevilya qo‘ziqorinlari», deb ataydi. U Plasa-de-la-Enkarnason maydoni uzra soya solib turadi. Bu yerda kafelar, konsert zali va bozor ham joylashgan. 

Foto: Shutterstock

Uning ustida shahar markazini tomosha qilish mumkin bo‘lgan yo‘lakcha bor.

Foto: Shutterstock

Mazali taomlar xo‘randalar Sevilyada o‘zlarini xursand qila olishadi.

Foto: Shutterstock

Tapas-barlarda klassik ispan oshxonasi taomlari tortiladi.

Foto: Shutterstock

Bu yerda, shuningdek, mashhur pomerantsalar o‘sadi. U mandarin va pomeloni yodga soluvchi biroz taxirroq mevalardir. 

Foto: Shutterstock

Shirinxo‘rlar esa, shundoqqina ko‘chada sotiladigan churroslarni tatib ko‘rishlari mumkin.

Foto: Shutterstock

Bundan tashqari, Sevilya flamenko nomli ritmik raqs bilan tanilgan. 

Foto: Shutterstock

Aprel oyida tashkil etiladigan savdo-yarmarkalarida shunday raqslarni tomosha qilish mumkin. 

Foto: Shutterstock

O‘zining ajoyib arxitekturasi, mazali taomi va yorqin madaniyati tufayli Sevilya — 2018 yili sayohat uchun yaxshi tanlovdir. 

Mavzuga oid