Jahon | 12:13 / 20.11.2017
17255
2 daqiqa o‘qiladi

Bosim yanada kuchayadi - AQSh KXDR bo‘yicha 12 mln. dollar ajratdi

Foto: Reuters

AQSh Davlat departamenti Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish nazarda tutilgan dastur bo‘yicha grantni qo‘lga kiritish uchun tanlov shartlarini e'lon qildi. U KXDR yadroviy va raketa dasturiga qarshi kurashishga 12 mln. dollar ajratilishini nazarda tutadi. RT tegishli hujjat bilan tanishganini iddao etmoqda.

«Qo‘shma Shtatlar hukumati KXDRga bosim o‘tkazishning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilmoqda, bu ommaviy qirg‘in qurollari va yetkazib berish tizimlari ishlab chiqarishni to‘xtatishga erishish hamda KXDRni yadro qurolidan voz kechishga majburlash uchun kerak», - deyiladi hujjatda.

Ta'kidlanishicha, pullar, xususan, yangi sanksiyalar kiritish va ommaviy qirg‘in qurolining tarqatilishi bilan aloqador bo‘lgan aktivlarni muzlatish imkonini beruvchi huquqiy dastaklarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. 

Pxenyan tomonidan ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqish dasturini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha faoliyat nazorat ostiga olinadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid