Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurash musobaqasida hakamning xatti-harakatlari foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi
Twitter’ning Cams_hungry2 nomli foydalanuvchisi kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi musobaqadan video joylashtirdi. Videoda kurash vaqtida to‘shama ustida yelkasi bilan sirpanayotgan hakam tasvirlangan. Ushbu video tezda ommalashib, foydalanuvchilar hakamni “ming yillik hakami” deb atay boshlashgan.
Ba'zi foydalanuvchilar hakam yangi raqs harakatini o‘ylab topgan deb ham aytishgan. Ulardan ba'zilari hakamning harakatlarini qaytarib ko‘rishga urinib ko‘rishgan.
Hakamga o‘zini jang san'ati filmlarida sinab ko‘rishni taklif qilganlar ham topilgan.
Foydalanuvchilardan biri hakam yer sirtiga parallel tarzda harakatlanib, fizika qonunlarini yo‘qqa chiqargani haqida gapirib mutoyiba qilgan.
Ko‘plab foydalanuvchilar hakamning bu harakatidan hayrat bildirishgan va uning o‘z ishiga sodiqligiga tan berishgan.
Bu voqea qaysi musobaqada sodir bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
23:44 / 20.06.2026
O‘zbekiston-Portugaliya bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
22:52 / 14.06.2026
O‘zbekiston - Kolumbiya o‘yinini angliyalik hakam boshqaradi
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
18:35 / 20.01.2026