Fan-texnika | 20:10 / 21.11.2017
22528
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy S9’ning antiqa kamerasi evaziga narxi oshishi mumkin

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S9 modelida ekran tomonlarini 9:18,5 nisbatda saqlab qoladi, biroq ekran chetidagi hoshiya qalinligini kamaytiradi. Shuningdek, yangi smartfonda avvalgi modeldagi dizayn sezilarli o‘zgarishlarsiz takrorlanadi. Qurilma Samsung’ning o‘zi ishlab chiqargan Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 (AQSh uchun versiyasida) protsessorida ishlaydi. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Galaxy S9’da asosiy kamera sifatida ikkita yonma-yon turuvchi kamera moduli tatbiq qilinadi. Kameralar soniyasiga ming kadr tezlik bilan sekin suratga olish imkonini beradi. Yaqinda kompaniya ikkita yangi sensorni taqdim qilgandi va ulardan biri yangi smartfonda tatbiq qilinishi mumkin. Shu tariqa, S9 o‘z sinfida eng yaxshi kameraga ega smartfonga aylanishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Galaxy S9 Barselonadagi navbatdagi Mobile World Congress ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Bunga ko‘ra, u 25 fevralgacha taqdim qilinishini aytish mumkin. Galaxy S8 aprelda taqdim qilingandi. Shu bilan birga smartfonning “uch qatlamli” laminatsiyalangan kamera moduli hisobiga uning narxi 60-90 dollarga qimmatlashishi mumkin, deb yozmoqda Business Korea nashri.

Mavzuga oid