Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda voyaga yetmagan onalar soni Yevropadan 6 martaga ko‘p
Qozog‘istonda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasidagi homiladorlik holatlari bo‘yicha statistika Butunjahon bola kuniga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda taqdim etildi. Ma'lumotlar BMTning aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar orqali olindi, deb xabar bermoqda xonanda va «Qiz tag‘diri» ijtimoiy loyihasi vakili Akmarjon Kusherboyeva. Bu haqda BNews.kz yozmoqda.
«Har kuni dunyoda 20 ming voyaga yetmagan qiz farzandli bo‘ladi. Qozog‘istonda esa bolalarni Yevropa bilan taqqoslaganda olti martaga ko‘proq dunyoga keltirishadi. Ko‘pchilik qizlar homilador bo‘lib qolib maktabni tashlab ketishadi, hamda ular ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, keyinchalik esa bu nafaqat o‘zining, balki farzandlarining sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashga xalaqit beradi. Har yili homiladorlik davridagi asoratlar va tug‘ruq jarayoni tufayli 70 ming voyaga yetmagan qiz vafot etadi. Shunday onadan dunyoga kelgan bolada hayotining birinchi oyida vafot etish ehtimoli yoshi katta onalarga qaraganda 50 foizga ko‘proq», - deya aytib o‘tdi Akmarjon Kusherboyeva.
Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, Qozog‘iston MDHda barcha yoshlardagi ayollar, qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi.
«O‘z joniga qasd qilish – butun dunyoda voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida o‘lim holatlarining asosiy sababidir. Bizning davlat MDHda barcha yoshlardagi ayollar, qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. O‘zini o‘zi o‘ldirgan o‘spirinlarning o‘rtacha yoshi esa – 14-16», - deya aytib o‘tdi «Qiz tag‘diri» loyihasi vakili.
Ta'kidlanishicha, Qozog‘istonda har yili voyaga yetmaganlar bilan 3 mingga qadar nikohlar qayd qilinadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026