20:00 / 21.11.2017
11726

Osiyoda yilning eng yaxshilari bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Foto: AFC

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2017 yilning eng yaxshilari bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun Avstraliya terma jamoasi ustozi Ange Postekoglu, «Kashima Antlers» klubi bosh murabbiyi Ishii Masatada va «Urava Red Daymonds» klubi ustozi Takafumi Hori kurash olib boradi.

Yilning eng yaxshi futzalchisi sovriniga Aliasqar Hasanzoda (Eron), Tavhid Lutfiy (Eron) va Jiravat Sornvichian (Tailand) da'vogarlik qiladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun U Ley (Xitoy), Umar Xraybin (Suriya) va Umar Abdulrahmon (BAA) kurash olib boradi.

Xorijda to‘p surgan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da'vogarlar ro‘yxatiga «Haddersfild» va Avstraliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Aaron Muy, Dortmundning «Borussiya» klubi va Yaponiya terma jamoasi futbolchisi Sindzi Kagava va «Tottenhem» klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min kiritildi.

G‘oliblar 29 noyabr kuni Bangkokda o‘tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Mavzuga oid
Top