Qatar poytaxti Doha şahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining «AFC Annual Awards» yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi «Yilning eng yaxşi futbol federatsiyasi» nominatsiyasida ğoliblikni qölga kiritdi. Sovrinni ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov qabul qilib oldi.

«Qayd etiş joiz, ötgan davr mobaynida Özbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda özaro loyihalarni amalga oşirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo çempionatlari, şuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va boş kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda ötkazildi.
Qit’a miqiyosidagi turli saralaş bahslari, klublar örtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida ÖFA faollik körsatdi. Uşbu sa’y-harakatlar OFK tomonidan munosib e’tirof etildi», - deyiladi ÖFA xabarida.

Mazkur nominatsiyada Özbekistondan taşqari, Eron va Yaponiya futbol assotsiatsiyalari ham da’vogar sanalardi.
Şuningdek, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi – CAFA yilning eng yaxşi mintaqaviy assotsiatsiyasi deb topildi.













