OTM kirish imtihonlariga tayyorlanishga yangicha yondashuv
12 yillik ta'limdan 11 yillik ta'limga o‘tish haqidagi Qaror ko‘pchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olingan bo‘lsa-da, ammo endilikda yuqori sinf o‘quvchilaridan 3 yillik ma'lumotni 2 yilda o‘zlashtirish kutilmoqda. Uning ustiga, 2018 yilda 810 mingga yetishi kutilayotgan abituriyentlar soni, 2019 yilda 1 milliondan oshishiga shubha yo‘q. Shu sababli, abituriyentlarimizdan yanada ko‘proq mehnat va tirishqoqlik talab etiladi.
Raqobat o‘ta kuchaygan vaqtda, vaziyatga boshqacha nazar tashlab, muammoni noodatiy uslublar orqali yechish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Ana shunday noodatiy uslublardan biri, o‘qish jarayoniga axborot texnologiyalarini kiritish. Abituriyentlarimiz uchun onlayn darslar orqali tayyorlanish va ulardan unumli foydalanishni misol qilishimiz mumkin.
Bunday texnologiyaning yutuqlaridan biri, o‘quvchilar avval o‘tilgan yoki endi o‘tilishi kutilayotgan mavzularni oldindan o‘zlashtirib borishlari mumkin. Onlayn darslar yuqori tajribali o‘qituvchilar tomonidan tayyorlanadi. Sababi esa oddiy. Darslar minglab, hatto millionlab tinglovchilar uchun tayyorlanadi. O‘quvchilarning barchasiga birdek tushunarli va foydali bo‘lishi uchun bu ish o‘qituvchidan yuqori saviyadagi bilim va metodikani talab qiladi. Onlayn o‘qishning yana bir katta yutuqlaridan biri – onlayn kurslar juda arzon. Bundan tashqari, mavzuni tushunish qiyinchilik tug‘dirgan vaqtda, videoni istalgan qismidan takror va takror ko‘rib tushunib olish mumkin. Istalgan joydan, istalgan vaqtda kurslarni ochib ko‘rish ham mumkin. Bu esa darslarni uydan o‘rganib borish imkoniyatini ham yaratadi.
Ta'limga ixtisoslashgan eng obro‘li nashriyotlardan biri McGraw-Hill tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, onlayn darslarni kundalik o‘quv jarayoniga kiritgan 84 foiz o‘quvchi onlayn darslar mavzularni o‘zlashtirishga katta yordam bergani ta'kidlagan bo‘lsa, 81 foiz o‘quvchi onlayn darslar ularga o‘qishdagi natijalarini yanada yaxshilashga xizmat qilganini aytib o‘tgan.
Bizda ham shunday imkoniyatlarning mavjudligi – quvonarli holat. PREP.UZ saytida siz ko‘plab fanlardan onlayn darslarni ko‘rib, kirish imtihonlariga yoki o‘qishdagi nazoratlarga tayyorlanishingiz mumkin. Bu portalda yurtimizning yetakchi o‘qituvchilari bilan birgalikda tayyorlangan videodarslar TAS-IX tarmog‘ida joylangan bo‘lib, har bir darsdan so‘ng, o‘zingizni tekshirish uchun testlar ham mavjud.
PREP.UZ imtihonlarga individual tayyorlanuvchi o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchilar bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar va OTMga tayyorlovchi o‘qituvchilar uchun ham birdek foydali. Individual tayyorlanuvchilar uchun o‘qituvchi o‘rnini egallasa, repetitorlar bilan tayyorlanadigan o‘quvchilarga keyingi darsda nimalar o‘tilishi haqida oldindan tushunchaga ega bo‘lgan holda darslarda qatnashish imkoniyatini yaratadi. O‘qituvchilar ham bunday imkoniyatdan foydada. Chunki, endi o‘quvchilar ma'ruzalarni internet orqali o‘rganishlari mumkin bo‘lib, o‘qituvchilar o‘z darslarida testlar yechish kabi darsning amaliy qismiga ko‘proq vaqt ajratish imkoni yaratildi.
Video lavha sizga PREP.UZ sayti qanday ishlashi to‘g‘risida qisqa ma'lumot berib o‘tadi:
Onlayn darslar o‘qishingizda qanchalik yordam bera olishiga o‘zingiz guvohi bo‘ling! Bunda sizga PREP.UZ yordam beradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024