Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi urush vaqtida 26 mingdan ko‘proq bola halok bo‘lgan
Suriyada ixtilof boshlangandan to hozirgi kungacha 26446 bola halok bo‘lgan. Ular asosan Suriya prezidenti Bashar Asadga qarashli kuchlarning hujumlari va bombardimonlari oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar. Bu haqda Suriya huquqni himoya qilish tashkiloti hisobotida aytilgan.
Hisobotda aytilishicha, 2011 yil mart oyida ixtilof boshlangandan beri Suriya bolalar huquqlari ko‘p buziluvchi davlatlar ro‘yxatida 1-o‘rinni egallamoqda.
Aytilishicha, 2011 yildan boshlab Asad va uning tarafdorlari kuchlari hujumlari oqibatida kamida 21631 bola halok bo‘lgan.
Rossiya harbiy-koinot kuchlarining zarbalari oqibatida esa 2015 yil sentabridan Suriyada 1529 bola halok bo‘lgan.
IShID jangarilarining hujumi va qatl etishlari oqibatida 711 bola hayotdan ko‘z yumgan. AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aviazarbalari natijasida 2014 yil sentabridan Suriyada 723 bolaning hayoti to‘xtagan.
Bundan tashqari, 127 bola PYD jangarilari qurbonlariga aylangan, yana 503 bola ular tomondan o‘g‘irlab ketilgan.
Hisobotda ta'kidlanishicha, Suriyadagi ixtilofdan eng ko‘p bolalar aziyat chekmoqdalar. 7 yildan beri davom etayotgan ixtilof oqibatida mamlakatda 1378 ta maktab va bolalar bog‘chalari vayron bo‘lgan, 3,2 mln bola ta'lim olish huquqidan mahrum etilgan.
Suriyada ta'lim olish imkonidan mahrum bo‘lgan bolalar erta yoshdan ishlay boshlaydilar. Hisobotda aytilishicha, PYD jangarilari bolalarni jang qilishga majburlaydilar.
“Bular asosan 14 yosh va undan kattaroq bolalardir. Asad tuzumi ham o‘z pozitsiyalari zaiflashgandan keyin balog‘atga yetmaganlarni jang qilishga majbur qila boshlagan. Asad kuchlari safida taxminan 349 bola jang qiladi”, deyilgan hisobotda.
Suriya huquqni himoya qilish tashkiloti BMT va xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi bolalar himoyasini ta'minlash, Asad tuzumi blokadasini olish hamda gumanitar yordam yetkazilishi bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirgan.
Suriyadagi urush davomida 400 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 10 mln dan ko‘proq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Ulardan 4,8 mln nafari boshqa davlatlarda boshpana topgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026