Sport pasporti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Sport pasporti to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma'lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi. Nizomga muvofiq sport pasporti o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi. Sport pasportidan:
• sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishida;
• sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olishda;
• sportchining tibbiy tekshiruvdan o‘tishida;
• sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablar bajarilishida;
• qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalaniladi.
Shuningdek, mazkur hujjatga muvofiq ikki shakldagi sport pasportlari joriy qilinadi: kitobcha shaklidagi sport pasporti hamda plastik shakldagi sport pasporti, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
14:53 / 06.09.2024