Jamiyat | 18:04 / 23.11.2017
6147
1 daqiqa o‘qiladi

Voyaga yetmagan shaxs qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irladi

Joriy yilning 10 oktabr kuni Qibray tumani IIBga uy bekasi, 1964 yilda tug‘ilgan Komila Turg‘unova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyidan umumiy narxi to‘rt million so‘m bo‘lgan qimmatbaho taqinchoqlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi, voyaga yetmagan, 2002 yilda tug‘ilgan Shamsiddin Alimatov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid